Sport | 21:04 / 29.04.2017
9327
2 daqiqa o‘qiladi

APLni tark etadigan ilk jamoa nomi aniq

«Sanderlend» Angliya chempionatini tark etishi muddatidan oldin ayon bo‘ldi. «Qora mushuklar» 35-tur doirasida o‘z maydonida «Bornmut»ga yutqazdi -0:1. Natijada Devid Moyyes shogirdlari ligada jon saqlab qolish imkonidan mahrum bo‘ldi.

«Sanderlend» ayni vaqtda 21 ochko bilan oxirgi o‘rinda va jamoa keyingi turlarda qanday natijalar qayd etilishidan qat'i nazar 17-o‘rindagi jamoaga yeta olmaydi. Jamoani bu o‘rin bilan 13 ochkolik farq ajratib turibdi, mavsum yakuniga qadar esa yana 3 tur qoldi.

Sanderlend – Bornmut 0:1
Gol: 0:1 – 88 King.
Sanderlend – Pikford, O′Shi, Lav, Mankilo, Kone, Xazri, Ndong, Piyenar (Xanimen, 55), Borini, Anichebe, Defo.
Bornmut – Boruts, Frensis, Deniels, Smit, Kuk, Kuk, Arter, Pyu (Musse, 82), Freyzer, King, Afobe (Stanislas, 57).
Ogohlantirishlar: Kuk (33), Piyenar (46), Borini (76), Arter (76), Hazri (78).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid