Angliya çempionati 20-turining sönggi uçraşuvi ötkazildi. 

Unda «Mançester Yunayted» öz maydonida «Bornmut» ustidan yirik hisobda ğalaba qozondi – 4:1.

Maydon egalari safida Pogba dublga erişgan bölsa, Reşford hamda Lukaku 1tadan gol urdi. Mehmonlarning yagona goli Ake tomonidan kiritildi.

Avvalgi ikki turda Ole-Gunnar Sulşer boşqaruvidagi jamoa «Kardiff» (5:1) va «Haddersfild»ni (3:1) mağlubiyatga uçratgandi.

Şu tariqa, Sulşer klub tarixida Angliya çempionatida debyutdagi uç uçraşuvda ğalaba qozoniş böyiça Mett Basbi va Joze Mourino tomonidan örnatilgan rekord natijalarni takrorladi. 

Norvegiyalik mutaxassis 19 dekabr kuni «Yunayted»ga boş murabbiy etib tayinlangandi, u 18 dekabr kuni qoniqarsiz natijalar uçun iste'foga çiqarilgan Mourino örnida iş boşladi.

20 tur öyinlaridan keyin «qizil iblislar» 35 oçko töplagan holda oltinçi öringa joylaşgan. Jamoa beşinçi örindagi «Arsenal»ni 3 oçkolik farq bilan ta'qib qilmoqda.

Angliya çempionati
20-tur
Mançester Yunayted – Bornmut 4:1 (3:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 5 Pogba, 2:0 – 33 Pogba, 3:0 – 45 Reşford, 3:1 – 45 Ake, 4:1 – 72 Lukaku.
Mançester Yunayted – De Xea, Yang, Bayi, Lindelef, Şou, Errera (Pereyra, 76), Matiç, Lingard, Pogba, Marsyal (Djons, 82), Reşford (Lukaku, 70).
Bornmut – Begoviç, Kuk, Ake (Mingz, 82), Deniels, Ayb, Bruks (Musse, 66), Serman, Stanislas, Riko, King, Uilson (Freyzer, 66).
Ogohlantirişlar: Yang (36), Errera (51).
Çetlatiş: Bayi (79).

Turnir jadvali

Nazvaniye