Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: IShIDning Afg‘onistondagi yetakchisi yo‘q qilingan bo‘lishi mumkin
Afg‘onistonda IShID terrorchilik guruhi bo‘limining yetakchisi 27 aprelda AQSh va afg‘on xavfsizlik kuchlarining maxsus operatsiyasida o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Jyeff Devis ma'lum qildi.
"Operatsiyadan maqsad IShIDning Afg‘onistondagi amiri Abdul Hasibni yo‘q qilish bo‘lgan. Bizda u yo‘q qilinganining isboti yo‘q, biroq u nishonga olingan. Biz u operatsiya vaqtida o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqdamiz", deb aytdi Devis matbuot-anjumanda.
Devisning aytishicha, operatsiyada 50 nafar amerikalik reynjyer va 40 nafar afg‘on harbiysi ishtirok etgan. Shuningdek, Nangarhor viloyatida o‘tgan operatsiya vaqtida IShIDning 35 jangarisi, jumladan bir necha qo‘mondoni yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026