Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp oilasi o‘zini "qirol oilasi"ga xos tutayotgani uchun tanqid qilindi
Foto: Molly Riley / Globallookpress
Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka otasi yordamchisi etib tayinlanganini tanqid qildi.
Vazir shu asnoda Ivanka Trampning Germaniyaga tashrifini eslab o‘tdi. Gabriel Ivankaning Berlinga kelishi "go‘yoki jahonshumul voqeadek yoritilganini" "hazm qilolmayapti".
"Meni Trampning hech kim saylamagan qarindoshlari kutilmaganda davlatning rasmiy vakillari sifatida paydo bo‘lib, ular bilan go‘yoki qirollik oilasi a'zolaridek munosabatda bo‘lishlari xavotirlantirmoqda", deb ta'kidlab o‘tdi Gabriel.
2017 yil mart oxirida Ivanka AQSh prezidenti yordamchisi lavozimini egallagan. Uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner esa Trampning yetakchi maslahatchisi etib tayinlangan.
Ivanka Berlinga Germaniya kansleri Angela Merkel taklifi bilan kelgan va ayollar tadbirkorligi mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etgan.
Mavzuga oid
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
18:19 / 03.12.2020
Vashington prokuraturasi Ivanka Trampni pul o‘zlashtirish ishi bo‘yicha so‘roq qildi
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020