Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Yevrokengash byudjyetiga to‘laydigan badalni minimumgacha kamaytiradi
Yevropa Kengashi parlament assambleyasi (YeKPA) Turkiyani monitoring qilish jarayonini qayta boshlash haqida qaror qabul qilgandan keyin, Turkiya Yevropa kengashiga to‘laydigan badalni minimum miqdorgacha kamaytirishga qaror qildi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu ma'lum qildi.
YeKPA 25 aprelda ko‘pchilik ovoz bilan Turkiyaning Yevropa kengashi oldidagi majburiyatlarini bajarishini monitoring qilish jarayonini "inson huquqlarini hurmat qilish, demokratiya va qonun ustuvorligini ta'minlash uchun " qayta boshlashga ovoz berdi. Turkiya tashqi ishlar vazirligi bu qarorni keskin qoraladi va uni Turkiyaga qarshi siyosiy aksiya deb atadi hamda assambleya bilan munosabatlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytdi.
"Biz Yevropa kengashi byudjyetiga ulushimizni kamaytiramiz. Minimal badal to‘laymiz. Hozir u yerga delegatsiyani yuborish-yubormaslik hal qilinmoqda. Biz qabul qiladigan boshqa qadamlar ham mavjud. Ular afsus qilib qolishlarini bilsinlar. Bu siyosiy qaror", deb aytdi Chovusho‘g‘lu jurnalistlarga Toshkentdagi safaridan qaytayotgan samolyotda.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026