Jahon | 10:25 / 29.04.2017
11146
1 daqiqa o‘qiladi

Ulkan tanker ta'mirlash vaqtida avariyaga uchradi (video)

Polshaning Gdinya shahridagi kemasozlik verfida yirik avariya yuz berdi. Norvegiyaning ta'mirlashda bo‘lgan tankeri yonboshlab, o‘zi turgan supadan (pomost) ag‘darilib ketdi. Bu haqda tvn24.pl mahalliy nashri xabar berdi. Ta'kidlanishicha, tankerning yonilg‘i bo‘lmalarida 30 tonnadan ko‘proq yoqilg‘i bo‘lgan. Yoqilg‘i sizib chiqishining oldi olindi.

Kemaning butun ekipaji evakuatsiya qilindi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kema bortida 90 dan ko‘proq odam bo‘lgan. Qutqaruv operatsiyasida 8 ta o‘t o‘chirish brigadasi va g‘avvoslar ishtirok etgan.   

Avariya sabablari haqida hozircha hech narsa ma'lum emas. Voqea joyida mutaxassislar guruhi ish olib bormoqda. Ular favqulodda vaziyatdan ko‘rilgan zarar miqdorini baholaydilar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid