Jahon | 08:11 / 01.05.2017
9338
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda tornado va toshqinlar tufayli 11 kishi halok bo‘ldi

Foto: Google.Images

AQShning markaziy qismida yuz bergan tabiiy ofatlar tufayli kamida 11 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohat oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Texas shtatining sharqida 4 kishi tornado qurboniga aylandi. Arkanzasdagi toshqinlar oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 2 bola bedarak yo‘qolgan. Bolalarni ular o‘tirgan mashina kuchli oqim bilan ko‘prikdan yuvilib ketgandan keyin topisha olmayapti.

Yana bir qizcha maktab sport maydonchasida halok bo‘ldi, kuchli shamol uning ustiga futbol darvozasini itqitib yuborgan. Bu fojia Tennessida yuz berdi.

Missuri shtati rahbariyati toshqin oqibatida 2 kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi. Missisipida yomon ob-havo bir kishining umriga zomin bo‘ldi.

Avvalroq Missuri va Oklaxoma shtatlarida favqulodda vaziyatlar tartibi kiritilgani ma'lum qilingandi. Texasda esa Dallasdan sharqda joylashgan bir nechta kichik shaharga bir sutka ichida 4 ta tornado yopirilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid