Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada yo‘l o‘rtasida selfiga tushmoqchi bo‘lgan sayyohning taqdiri ayanchli yakunlandi
Shotlandiyalik sayyoh yigit Germaniyadagi avtomobil yo‘llaridan birida tungi vaqt do‘stlari bilan selfiga tushmoqchi bo‘lganda halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda "Assoshieyted Press" axborot agentligi.
Voqea 30 aprelga o‘tar kechasi Gamburgdan sharq tomonda joylashgan Gudov kommunasida, A24 avtomagistralida yuz bergan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 3 yigit yo‘lning narigi tomoniga o‘tmoqchi bo‘lgan. Biroq ular yo‘l o‘rtasida to‘xtab, selfiga tushishga qaror qilishgan.
Shunda uch do‘stdan biri, 22 yoshli yigitni 73 yoshli haydovchi o‘zining Audi A6 mashinasida urib yuborgan. Do‘stlari o‘limidan karaxt holga tushgan qolgan yigitlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Politsiya yigitlar mast holatda bo‘lgan bo‘lishlari mumkinligini istisno qilmayapti.
ITV telekanalining ma'lum qilishicha, halok bo‘lgan yigitning oilasi uning o‘limidan xabardor qilingan. Britaniya tashqi ishlar vazirligi vakilining aytishicha, hukumat ushbu masala bo‘yicha mahalliy hukumat bilan aloqa qilmoqda.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026