Jamiyat | 22:25 / 01.05.2017
16389
2 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada sayyoramizning eng keksa odami deb taxmin qilingan qariya vafot etdi

Foto: EPA

Indoneziyaning Yava orolida sayyoramizning eng keksa odami deb taxmin qilingan qariya 146 yoshida vafot etdi. Bu haqda "Bi-bi-si" teleradiokorporatsiyasi xabar bermoqda.  

Sodimejo ismli bu erkakning shaxsini tasdiqlovchi hujjatida u 1870 yil 31 dekabrda tug‘ilgani qayd qilingan. Bu aholini qayd qilish va FDHYo boshqarmasida ham tasdiqlangan. Biroq ma'lum qilinishicha, Indoneziyada tug‘ilish 1900 yildan boshlab hisob-kitobga olina boshlangan. Shu sababli bu davrdan oldin tug‘ilgan qariyaning haqiqiy yoshini o‘rnatishning va uni sayyoramizning eng keksa vakili deb rasman tan olishning iloji bo‘lmagan.

"Goto bobo" sifatida ma'lum bo‘lgan qariyaning salomatligi aprel boshida yomonlashgan. Qariya bir necha kun shifoxonada bo‘lgach, uyiga jo‘natilgan va shu ondan boshlab deyarli hech narsa tanovul qilmay qo‘ygan.  

"Goto bobo" 10 nafar aka-ukasi, to‘rt rafiqasi va barcha farzandlaridan ko‘proq umr ko‘rdi. Qariya nabirasining aytishicha, u 1 may kuni bir necha yil avval o‘zi uchun hozirlab qo‘ygan joyga dafn qilindi.

FAJAR SODIQ

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid