Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO: Afg‘onistondagi missiya kengaytirilishi ehtimol
Foto: welt.de
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyansning Afg‘onistondagi «Qat'iyatli qo‘llab-quvvatlash» kampaniyasini kuchaytirish ehtimoli haqida bayonot berdi, deb xabar bermoqda Welt am Sonntag.
U Afg‘onistondagi vaziyat keskinligini qayd etar ekan, ushbu masala bo‘yicha qaror iyun oyi boshiga qadar qabul qilinishi mumkinligini ta'kidlagan.
Stoltenberg, shuningdek, alyans salohiyati Afg‘oniston va Iroqdagi missiyalardan boshqa vazifalarga ham yetishini ta'kidlab, Iordaniya va Tunis bilan terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirish haqida ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
18:25 / 25.05.2026
Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026