Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Kongress AQSh byudjyeti bo‘yicha kelishuvga erishdi
AQSh kongressida 30 sentabr, joriy moliyaviy yil oxirigacha federal byudjyet masalasida kelishuvga erishildi. Bu haqda The Washington Post gazetasi Amerika kongressmenlarining bir necha yordamchilariga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Demokratlar va respublikachilar o‘rtasida bir necha hafta davom etgan keskin bahs-munozaralardan so‘ng kelishuvga erishilgan. U «yangi harbiy xarajatlarga» 12,5 mlrd dollar va «chegaralar xavfsizligi»ga 1,5 mlrd dollar ajratishni ko‘zda tutadi.
Xabarlarga ko‘ra, kelishuv demokratlar uchun «bir necha strategik g‘alabalar»dan iborat: bular Puerto-Rikoga mablag‘ ajratish, opiy giyohvandligiga qarshi kurash va fanni moliyalashtirishni kengaytirish.
Fox News xabar qilishicha, joriy moliya yili oxirigacha davlat byudjyeti hajmi 1,07 trln dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
23:15 / 09.04.2026
Isroil Livan bilan muzokaralar boshlashini e’lon qildi
21:39 / 09.04.2026
AQSh–Eron sulhi: Trampni to‘xtashga majbur qilgan asosiy omil nima?
19:16 / 09.04.2026
Eronda AQSh zarbalari boshlanganidan beri halok bo‘lganlar soni ma’lum qilindi
08:54 / 09.04.2026