09:36 / 01.05.2017
5197

Oq uy: AQShning ayrim OAV shov-shuv ortidan quvib, xatolarini tan olgisi kelmayapti

Foto: AP

Amerikaning ayrim OAV shov-shuv ortidan quvish barobarida o‘z xabarlarini dalillar bilan mustahkamlashni xayollariga ham keltirmayapti. Shu bilan birga, xatolarini tan olishni xohlamayapti. Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser Fox News telekanali efirida shunday fikrlarni ilgari surdi

U, yana bir marotaba, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati haqidagi xabarlarning ishonchliligi borasida shubha bildirgan. 

"OAV qandaydir uydirmalarni to‘qib chiqaradi, voqealarni o‘zi ma'qul ko‘rgan mazmunda yoritadi va keyinchalik mazkur xabarlar haqiqatga yaqin emasligi ayon bo‘lgach, xatosini tan olishni istmaydi", - degan Spayser. "Ko‘pgina hollarda hodisalarni yoritish adolatsiz amalga oshadi", - deya fikr bildirgan Oq uy matbuot kotibi. 

Biroq, Shon Spayser, Amerikaning aksar jurnalistlari va telesharhlovchilarini noxolis deb hisoblaysizmi, degan savolga javob berar ekan, o‘z da'volarini umumlashtirmagan. "Ayrimlar borki, ba'zi narsalarga shov-shuvlik nuqtainazaridan yondashadi. Voqealarni haqiqatga mos kelmaydigan tomondan yoritadi. Ular birinchi bo‘lib tosh otishadi, xatosini tan olishda esa oxirgi bo‘lishadi", - degan Spayser.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp 29 aprel kuni 100 yildan ortiqroq vaqtdan beri davom etib keladigan Oq uydagi muxbirlar uyushmasining yillik kechki ovqatiga tashrif buyurmay, an'anani buzgan edi. Buning o‘rniga Pensilvaniya shtatida o‘z tarafdorlari qarshisida nuqt so‘zlashga qaror qilgan. U ma'ruzasida " yolg‘on OAV"  haqida fikrlar bildirgan. 

Top