Jahon | 13:46 / 01.05.2017
8641
2 daqiqa o‘qiladi

Pxenyan ogohlantiruvchi zarba uchun yadro kuchlarini mustahkamlashni tezlashtirmoqchi

Foto: RIA "Novosti"

Shimoliy Koreya “yadroviy bosib turish kuchlarini maksimal darajada kuchaytirib borish borasida chora-tadbirlarni tezlashtiradi”, deb xabar berdi Koreya Markaziy telegraf agentligi KXDR TIV spikeri bayonotiga asosan.

Bayonotda aytilishicha, AQSh KXDRga qarshi sanksiyalar haqida bong urayotgan va unga bosimni oshirayotgan bir sharoitda, Shimoliy Koreya “yadroviy bosib turishni maksimal darajada tezlashtirib boradi”. TIV spikerining xabar qilishicha, AQSh qo‘rqitish va shantaj siyosatini davom ettirib borsa, “KXDR o‘zini himoya qilish va ogohlantiruvchi yadro zarbasi uchun o‘z harbiy salohiyatini mustahkamlashda davom etadi”.

Bayonot AQSh va Janubiy Koreyaning ikki oylik keng ko‘lamli mashqlari yakunlanishiga javoban va Amerikaning tarkibida “Karl Vinson” atomli aviatashuvchisi bo‘lgan zarba aviaguruhi Koreya yarim oroliga borishi fonida paydo bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, shanba kuni KXDR navbatdagi ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi va u muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid