Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Statistika qo‘mitasi: O‘zbekistonda ishonchli ma'lumot olishning yangi mexanizmi joriy etiladi
1 may kuni soat 11:00da Milliy matbuot markazida Davlat statistika qo‘mitasining matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda 2017-2020 yillarda davlat statistika organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish buyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma'lumotlar berildi.
Ma'lum bo‘lishicha, 2016 yilda davlat statistika organlari tomonidan 800dan ortiq statistika ishlari amalga oshirilgan. Statistikaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha 50ta statistik kuzatuv o‘tkazilgan, 17ta tematik to‘plam chop etilgan, 10ta davlat interaktiv xizmatlari taqdim etildi, statistik hisobotlarni faqatgina internet tizimi orqali taqdim etilishi ta'minlandi.
Xo‘jalik sub'yektlari uchun qulay sharoit yaratish maqsadida 2018 yildan boshlab yana 14ta davlat statistika hisoboti shakllarining qisqartirilishi maqsad qilingan.
Davlat statistika qo‘mitasi OAV xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida real vaqt rejimida ma'lumot va analitik materiallarni olishda foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish, ochiq foydalanishga joylashtirilgan statistik ma'lumotlarni taqdim etish va izohlash mexanizmini yanada takomillashtirishga katta e'tibor qaratishini ta'kidlab o‘tdi.
Bundan tashqari, davlat dasturlariningng monitoringini amalga oshirish uchun ishonchli ma'lumotlar olishning yangi mexanizmi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
10:07 / 31.12.2021
Ukrainaga chindan Lenin asos solganmi – Putinning matbuot anjumani haqida ekspertlar nimalar dedi?
15:37 / 17.12.2021
Statistika qo‘mitasi orginfo.uz sayti asoschisi ustidan IIVga shikoyat kiritdi
14:54 / 03.11.2021