Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada tajribaviy termoyadro reaktori sinovdan o‘tmoqda

Foto:hi-news.ru
O‘tgan hafta Buyuk Britaniyada tajribaviy termoyadro reaktori ST40 ishga tushirildi. Tizim «birinchi plazma»ni ishlab chiqishni boshlagan. Ko‘zlangan maqsad 2018 yilga kelib tokamak ichidagi plazmani Tselsiy bo‘yicha 100 mln darajagacha qizdirishga erishishdir. Bu Quyosh markazidagi haroratdan 7 marta issiqroq ekanini anglatadi. Ayni shu natijaga erishilganda vodorod atomlaridan geliy hosil bo‘la boshlaydi. Kimyoviy reaksiya chog‘ida katta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Undan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘ladi.
«Bugungi kun termoyadroviy energetikani rivojlantirishda nafaqat Britaniya, balki butun dunyo uchun muhim kundir», — deydi Tokamak Energy kompaniyasi ijrochi direktori Devid Kingem. Ushbu kompaniya ST40 reaktorini ishlab chiqdi.

Uning ta'kidlashicha, bu qurilma birinchi marta termoyadro reaksiyasini boshqarish imkonini beradi. ST40 reaktori ancha ixcham va iqtisodiy jihatdan samarador hisoblanadi.
Termoyadro reaksiyasi Quyoshda doimiy ravishda amalga oshadigan uzluksiz jarayondir. Ushbu reaksiyani boshqarish imkoni topilsa, insoniyat ekologik toza va tugamaydigan energiya manbaiga ega bo‘lar edi. hozirgi vaqtda yadro reaktorlarida sodir bo‘ladigan yadro sintezlaridan farqli ravishda termoyadro sintezida atomlar parchalanishi emas, ularning qo‘shilishi tushuniladi. Bu jarayon birmuncha murakkab bo‘lib, buning natijasida geliy va ulkan energiya ishlab chiqariladi.

Shu bilan birga, ushbu soha istiqbolli bo‘lishiga qaramay, olimlar termoyadro reaktorlarini ishlab chiqishda katta qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Bunda tasavvur qilib bo‘lmas darajada qizdirilgan plazmani nazorat qilish uchun o‘ta quvvatli magnit maydonlarini hosil qilish muhim rol o‘ynaydi. Energiyani ishlab chiqishda aynan plazmaning barqaror holatini saqlab turish zarur hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Bolalarga zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va ularni himoya qilish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 18:36
-
Farg‘onada og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandi
O‘zbekiston | 18:32
-
Rossiyaning benzin eksportiga taqiqi O‘zbekistonga ta’sir qilmasligi aytildi
Iqtisodiyot | 17:58
Mavzuga oid

13:32 / 26.07.2025
Ye3 davlatlari G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

11:19 / 24.07.2025
O‘zbekistonlik hamshiralar Britaniyaga ishga jalb etilishi mumkin

23:20 / 22.07.2025
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi

15:25 / 22.07.2025