Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an va Putin uchrashuvida nimalar muhokama qilinishi aytildi
Foto: RIA "Novosti"
Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish rejimini mustahkamlash masalalari Rossiya va Turkiya prezidentlarining 3 may kuniga rejalashtirgan uchrashuvida muhokama qilinadi. Bu haqda Turkiya TIVning Suriya bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari Mustafo Yurlaqul ma'lum qilgan.
"Suriya mavzusi bu muloqotning muhim qismi sanaladi. Xususan, prezidentlar Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish rejimini mustahkamlash, mahbuslar va minasizlantirish bilan bog‘liq masalalarni ham muhokama etadilar. Bizda g‘oyalar ko‘p, hamda ularni qog‘ozga tushirishga tayyormiz", - deya aytib o‘tdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish rejimini mustahkamlash masalasi Ostonadagi Suriya bo‘yicha uchrashuvda ham eng muhim bo‘ladi.
"Biz qator qog‘ozlar va o‘t ochishni to‘xtatish rejimini mustahkamlash ustida ishlaganmiz. Ushbu raund davomida yaxshi natijaga erishishga urinib ko‘ramiz", - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Suriya bo‘yicha xalqaro uchrashuv Ostona shahrida joriy yilning 3-5 may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
09:09 / 22.04.2026
Rossiyada barcha “front uchun” ishlashi kerak - Putin
20:59 / 21.04.2026
Bonya propagandachilarga qarshi. Nimalar bo‘lmoqda?
16:37 / 17.04.2026
«Agressiv ohang yuqorilamoqda» - siyosatshunos Putinning yangi qonuni haqida
10:36 / 17.04.2026