Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShIDning Suriyadagi qochqinlar lageriga hujumi 50 dan ziyod kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
IShID terrorchilarining Suriya shimoli-sharqidagi Xasaka provinsiyasidagi qochqinlar lageriga hujum qilishi natijasida qurbon bo‘lganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqida Suriya televideniyesida xabar berildi.
Ash-Shaddadiy shahrining janubi-sharqida joylashgan lagerda Dayr-az-Zor va Raqqa provinsiyalari, shuningdek Iroqning Nineviya provinsiyasi qochqinlari bo‘lgan. Jangarilar seshanba kuni tongda ularga hujum qilishgan.
"50 nafardan ziyod kishi, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lgan, 34 kishi jarohat olgan va shifoxonaga yetkazilgan. Ba'zilari og‘ir ahvolda", - deya xabar berildi telekanalda.
Mavzuga oid
08:50 / 05.06.2026
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026