Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyaning Suriyadagi vazifasi haqida gapirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya kansleri Angela Merkel bilan o‘tkazilgan muzokalar yakunida matbuot anjumanida qatnashdi. U ma'lum qildiki, Rossiyaning Suriyadagi asosiy vazifasi boshqa kafolatchi davlatlar qatori harbiy harakatlarni to‘xtatish va tomonlarni murosaga keltirish hisoblanadi.
«Prezident Asadga eng katta ta'sirni Suriya xalqi ko‘rsatishi mumkin. Bu davlat parchalangan, biz Suriya jamiyatidagi katta muammolarni kuzatmoqdamiz.
Bizning vazifamiz birlashtirish, harbiy harakatlarni to‘xtatish, tomonlarning bir-birini qirishiga chek qo‘yish, barcha mojarolashayotgan tomonlarning siyosiy hamjihatlikka erishishi uchun sharoit yaratib berishdan iborat», degan rossiyaliklar rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘ldagi ilk qadam — o‘t ochishni to‘xtatish va Rossiya o‘zining turk va eronlik hamkorlari bilan Ostonada o‘ňgan jarayon davomida bunga erishgan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026