Jamiyat | 16:39 / 02.05.2017
6857
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada chaqaloq ona sutidagi alkogol tufayli hayotdan ko‘z yumdi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiyaning Irkutsk viloyatida 19 yoshli fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. U o‘zining bir oylik qizchasini alkogol bilan zaharlagan, deb xabar berildi Rossiya Tergov qo‘mitasi saytida.

Jinoiy ish RF JKning 109 moddasi 1 qismi bo‘yicha qo‘zg‘atildi (“Ehtiyotsizlik tufayli o‘lim holatiga olib borish”). Bolaning jasadi mart oyi oxirida aniqlangan. Aniqlanishicha, uning onasi biroz vaqt muqaddam ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste'mol qilgan, shundan so‘ng bolani ko‘krak suti bilan oziqlantirgan. 

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida ham Irkutsk viloyatida shunga o‘xshash holat yuz bergandi. O‘shanda to‘rt oylik chaqaloq alkogolli zaharlanishdan so‘ng hayotdan ko‘z yumgandi. Bu holat uning onasi bolani tinchlantirish maqsadida unga aroq qo‘shilgan suv bergach, yuz berdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid