Jamiyat | 22:56 / 02.05.2017
13308
1 daqiqa o‘qiladi

Shifoxonadagi qing‘irlik

Foto: Bgforum.ru

Qarshi shahridagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xodimlar bo‘limi katta inspektori V.Eshnazarova fuqaro R.Jo‘rayevani shifoxonaga farrosh sifatida ishga joylashtirib qo‘yishni va'da qilar ekan, “Tekinga mushuk ham oftobga chiqmasligi”ni pisand qilishni ham unutmaydi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

SVOJJDLQK departamentining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda V.Eshnazarova xizmat mavqeidan foydalangan holda, pora sifatida qo‘lga kiritgan 1 mln. so‘m puldan 300 ming so‘mini R.Jo‘rayevaga qaytarib berayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Sud hukmi bilan tegishli jazosini olgan V.Eshnazarova odamlarga shifo beriladigan qutlug‘ dargohda sodir etgan qing‘ir qilmishi oqibatida o‘ziga yetarli saboq chiqargan bo‘lsa, ajab emas...

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid