Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Qozog‘iston samolyotlari O‘zbekistonda ta'mirlanmoqda
Foto: uzairways.com
«O‘zbekiston havo yullari» Milliy aviakompaniyasi (MAK)ning «Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasi mutaxassislari Tojikistonning «Tadjik Air» aviakompaniyasi samolyotlarini texnik ta'mirlash bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirishdi. MAK rasmiy saytida shu haqida xabar berildi.
Joriy yilning 18-28 aprel kunlari «Tadjik Air» aviakompaniyasining Boeing 767-300 samolyoti «Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasida A-check shaklidagi texnik ta'mirdan o‘tkazildi. Havo qurilmasi aviadvigateli hamda avtopilot tizimidagidagi kamchiliklar bartaraf qilindi.
Manbaga ko‘ra, bu Tojikiston aviatashuvchisining birinchi buyurtmasi emas - o‘tgan yilning dekabr oyida ham «Tadjik Air»ning Boeing-757-200 samolyoti texnik ta'mirdan o‘tkazilgan.
«Tadjik Air» vakili Roman Yudin aviakorxona mutaxassislari ishini kuzatib, texnik xizmat ko‘rsatishdagi tezkorlik va sifatni yuqori baholadi hamda «Uzbekistan Airways Technics» bilan hamkorlikni davom ettirish istagini bildirdi.
Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, hozirda Qozog‘istonning «SCAT» aviakompaniyasiga qarashli uch samolyot ham «Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasida texnik ta'mirdan o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
07:23 / 23.02.2026
Honda o‘zining birinchi xususiy samolyotini taqdim qildi: u mustaqil ravishda qo‘na oladi
20:42 / 21.02.2026
AQSh harbiy samolyotlari Yevropa va Arabistondagi bazalar orasida muntazam qatnamoqda – OAV
08:22 / 20.02.2026
Ilk marta: samolyot harakatlanayotgan poyezd ustiga qo‘nib, yana osmonga ko‘tarildi
09:13 / 19.02.2026