O‘zbekiston | 12:01 / 02.05.2017
6208
1 daqiqa o‘qiladi

Urganch aeroportiga Fransiya va Italiyadan charter reyslari boshlandi

Foto: uzbektourism.uz

Kuni kecha Urganch xalqaro aeroportiga yana Parij-Urganch va Milan-Urganch yo‘nalishi bo‘ylab charter reyslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Xorazm viloyatiga har hafta mazkur reyslar orqali 400 ga yaqin Fransiyadan va Italiyadan sayyohlar tashrif buyurmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Charter reyslarda keluvchi chet ellik sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida, “Urganch” xalqaro aeroportida sayyoxlar uchun axborot ofislari va pul ayirboshlash punktlari tashkil qilingan. Mazkur axborot ofisida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda. 

Bu havo qatnovlari orqali viloyatga g‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan tashrif buyuruvchi chet ellikdan bo‘lgan talab ortib borayotgani sabab, xususiy sayyohlik kompaniyalari yana qo‘shimcha charter reylar tashkil qilishni ham rejalashtirishmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid