Jahon | 20:22 / 03.05.2017
50953
2 daqiqa o‘qiladi

Harbiy jurnalist hayotining so‘nggi lahzalariga qadar o‘z vazifasini ado etdi

Foto: petapixel.com

2 may kuni Afg‘onistondagi portlash vaqtida olov ichida qolgan jurnalistning surati chop etilgandan so‘ng Hilda Kleyton qahramonga aylandi. Suratlar Kleytonlar oilasi va uning harbiy bo‘limi ijozati bilan chop etildi. Stars and Stripes rasmiy gazetasida ma'lum qilinishicha, Kleyton 2013 yilning 2 iyulida Afg‘on milliy armiyasining mashg‘ulotlari vaqtida halok bo‘lgan.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida minomyot truba portlab ketgan, buning natijasida Kleyton va 4 nafar afg‘on armiyasi a'zosi halok bo‘lgan. 

Avgustalik (Jorjiya shtati) 22 yoshli Kleyton va afg‘on armiyasi stajyor-jurnalisti harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tayotgan edilar. Kleyton ham, stajyor-jurnalist ham halokatli portlash onlarida suratlarda aks etgan. Umumiy hisobda, portlash natijasida 5 kishi (Kleyton va 4 afg‘on jurnalisti) halok bo‘lgan.

Foto: petapixel.com

Combat Camera Kleyton xotirasiga o‘zining har yili o‘tkaziladigan fototanlovini "Hilda Kleyton - eng yaxshi harbiy kamera" deya nomladi. Uning nomi Qahramonlar zalida muhrlandi.

Foto: petapixel.com
Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid