Jahon | 18:31 / 03.05.2017
8280
1 daqiqa o‘qiladi

Assanj Hillari Klintonni «Liviya qassobi» deb atadi

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj o‘z tvitterida AQSh prezidentligiga sobiq nomzod, tinchlik shiori ostida faoliyat yurituvchi Hillari Klintonni «Liviya qassobi» deb atadi.

"Bir skrinshotda ikki yolg‘on: Liviya qassobi - Hillari Klinton - #UTinchlikElchisi tablichkasi yonida o‘tirib, "Rossiya Wikileaks"ini ayblamoqda", - deb yozdi  u tvitterda AFP nashri sahifasida Klintonning CNN telekanaliga bergan intervyusi haqidagi xabar linki qo‘yilgan postga yozgan izohida. 

Foto: Twitter/Julianassange

Gap shundaki, Klinton bir kun oldin CNN telekanaliga bergan intervyusida 2016 yilgi prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatida WikiLeaks va FRB direktori Jyeyms Komini ayblagandi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid