Jahon | 12:59 / 03.05.2017
9749
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda ko‘chki yuz bergan joydan besh nafar inson jasadi topildi

Foto: Anadolu

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Ayuu qishlog‘ida yuz bergan kuchli ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlardan besh kishining jasadi topildi, qidiruv amaliyoti davom etmoqda. 

“Interfaks”ning Qirg‘iziston FVVga asosan xabar berishicha, seshanba kuni kechqurun ko‘chki yuz bergan joydan avvaliga 1978 yilda tug‘ilgan erkakning, keyinchalik 2013 yilda tavallud topgan bola jasadi topilgan.

"Topilgan jasadlar ota va bolaniki bo‘lib, qarindoshlariga dafn etish uchun topshirildi. Hammasi bo‘lib 29 apreldan boshlab yer ostidan 24 nafar halok bo‘lgan shaxsdan besh nafarining jasadi chiqarib olindi, qidiruv amaliyoti bugun ertalab tiklandi, uni to‘xtatish haqidagi qaror hozircha qabul qilinmadi", - deya aytib o‘tgan matbuot xizmati xodimi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘sh viloyatida joriy yilning boshidan beri 45 bora ko‘chki yuz berish holati qayd etilgan, ulardan 28 tasida favqulodda holat yuzaga keldi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid