Jamiyat | 16:00 / 03.05.2017
11124
1 daqiqa o‘qiladi

Hozir maktabda ta'lim olayotgan bolalarning 65 foizi kelajakda ayni damda yo‘q bo‘lgan kasblar bilan shug‘ullanadi

Jahon savdo tashkiloti rahbari Robertu Azeveduning ma'lum qilishicha, kelajakda hozirgi kunda boshlang‘ich maktabda ta'lim olayotgan bolalarning taxminan 65 foizi ayni damda yo‘q bo‘lgan kasblar bilan shug‘ullanadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirgi kunda boshlang‘ich maktablarda o‘qiyotgan bolalarning 65 foizi ayni damda yo‘q bo‘lgan kasb egalariga aylanadi», - deya aytib o‘tdi u Berlinda tashkil etilgan «Ishbilarmonlik yigirmataligi» yig‘ilishida.

Azeveduning ta'kidlashicha, ish o‘rinlarining qisqarishi texnologiyalar va innovatsiyalar rivoji bilan bog‘liq. Uning qayd etishiga ko‘ra, rivojlangan davlatlarda yo‘qotilgan ishlarning aksariyati savdo bilan emas, balki texnologiyalar, avtomatika va innovatsiyalar rivoji tufaylidir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid