Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda rus diplomatlari ustidan nazorat kuchaytiriladi
AQSh kongressining vakillar palatasi Amerika razvedkasiga hozirgi kundan joriy yilning 30 sentabriga qadar bo‘lgan muddatda rossiyalik diplomatlar ustidan nazoratni kuchaytirish majburiyatini yukladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qonun matniga ko‘ra, AQSh davlat kotibi, FQB direktori va milliy razvedka rahbari “avvaldan xabardor etish majburiy rejimini kiritishi” lozim. U AQShda akkrediyatatsiyadan o‘tgan rossiyalik diplomatlar va konsullik xodimlarining xatti-harakatiga tegishli bo‘ladi.
Bundan tashqari, Davlat departamenti rahbari, shuningdek FQB va razvedka hamjamiyati rahbarlari Rossiyadan bo‘lgan diplomatlarning yangi qoidalarga amal qilishiga qaratilgan “choralarni ko‘radi” hamda qoidabuzarliklarni qayd etib boradi.
Avvalroq AQSh kongressi Rossiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus qo‘mita yaratilishini ma'qullagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
22:13 / 19.06.2026