Jahon | 15:54 / 04.05.2017
17747
2 daqiqa o‘qiladi

Antarktidada yangi ulkan yoriq aniqlandi

Foto: NASA

Antarktidadagi Larsen muzligida yana bir yoriq payqaldi. U 2016 yilning dekabrida aniqlangan boshqa bir yoriqdan taxminan 10 kilometr masofada joylashgan. Olimlarning fikricha, oxir-oqibat muzlik okeanga “sirg‘alib tushadi” hamda ulkan aysbergni yuzaga keltiradi. Bu haqda Gizmodo nashri xabar berdi.

Yangi yoriq uzunligi 160 kilometr bo‘lgan asosiy ajralishning bir qismidir. Olimlar yoriqning kengayishini o‘tgan yilning dekabridan kuzatib borishdi, biroq 2017 yilning fevralidan uning uzunligi o‘lchanmadi, garchi eni oshib borgan bo‘lsa ham. Yangi tarmoq okean tomonga yo‘nalgan bo‘lib, uning paydo bo‘lishi kelajakda muzlikdan maydoni taxminan besh ming kvadrat kilometr bo‘lgan bir qism ajralib chiqishidan dalolat beradi. 

Bunday yangilik Sentinel-1 ikkita sun'iy yo‘ldoshi yordamida qilindi. Ular muzlik yuzasining radiolokatsion suratlarini olishdi.

Ulkan aysberg paydo bo‘lishi dengiz sathining oshishiga sabab bo‘lmaydi, biroq muzlikning buzilishi tezlashadi. Tadqiqot Yerdagi iqlimning global o‘zgarishi sabab o‘tkazildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid