Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiya mamlakatda yirik tabiiy gaz koni ochilganini e'lon qildi
Foto: Ecopetrol
Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosning ma'lum qilishicha, mamlakatda 1989 yildan beri ilk marotaba yirik gaz koni aniqlangan, deb yozmoqda El Heraldo nashri.
Xabarlarga ko‘ra, tabiiy boylik koni Ecopetrol va Anadarko neft kompaniyalarining hamkorligi natijasida Karib dengizi janubiy qismida aniqlangan.
«Bu Karib sohillarida istiqomat qiluvchi aholi va sanoat uchun katta imkoniyatdir. Bu tovarlar va xizmatlar, mehmonxonalar, restoranlar va savdo uchun ulkan imkoniyat», — degan mamlakat prezidenti kon ochilishini sharhlar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gaz koni aniqlanishi, xususan, Barrankilya shahri dengiz sohasi va logistikasi rivojiga hissa qo‘shadi.
Ecopetrol kompaniyasi saytida e'lon qilingan axborotga ko‘ra, gaz koni 3675-4415 metr chuqurlikda aniqlangan bo‘lib, kon qalinligi 110 metrni tashkil etishi mumkin.
Mavzuga oid
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
11:37 / 13.05.2026
«Asosiy pasayish Sho‘rtanda» - energetika vaziri gaz qazib olish hajmining keskin qisqarib ketganiga izoh berdi
19:54 / 28.04.2026