Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Fransiya prezidenti saylovlarida Makronni qo‘llab-quvvatlamoqda
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama fransuzlarni Fransiya prezidenti saylovlarining 7 mayda o‘tadigan yakuniy bosqichida Emmanyuel Makronga ovoz berishga chaqirdi. Obamaning tegishli videomurojaatini Makronning o‘zi tvitterdagi sahifasida joylashtirdi.
"Men Fransiyadagi barcha do‘stlarim siz muvaffaqiyat qozonishingiz uchun qanchalik qayg‘urayotganimni bilishlarini istayman. Men shuningdek sizni oldinga Emmanyuel Makron olib borishini qo‘llab-quvvatlashimni bilishingizni istayman", deb murojaat qilgan fransiyaliklarga Obama.
Obama shuningdek Makron bilan uning harakati va Fransiya kelajagi haqida gaplashganini aytgan. Obamaning aytishicha, Fransiyadagi saylovlar mamlakatning kelajagi uchun juda muhimdir. "Fransiyaning muvaffaqiyati butun dunyo uchun muhimdir", deb aytgan Obama.
"U fransuz xalqining porloq kelajagi uchun jon kuydiradi va odamlarning qo‘rquvi emas, umidiga tayanadi", deb qo‘shimcha qilgan Obama Makronning raqibi Marin Le Penning so‘zlariga kinoya qilib.
Mavzuga oid
09:25 / 18.06.2026
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026