Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning birinchi xorijiy turnesida qanday masalalar muhokama qilinadi?
AQSh prezidenti Donald Tramp xorijga birinchi safari vaqtida IShID va Eronga qarshi kurash masalasini muhokama qiladi, deb aytdi jurnalistlarga Oq uyning yuqori lavozimdagi shaxsi.
Tramp prezident sifatida tashrif buyuradigan ilk davlat Saudiya Arabistoni bo‘ladi. Oq uyda ta'kidlanishicha, tashrifdan maqsad mintaqadagi davlatlarni terrorchilikka qarshi kurashda birlashtirish bo‘ladi.
"Bu davlat safarni boshlash uchun yaxshi joy", deb qo‘shimcha qilgan Oq uy vakili.
Tramp shuningdek terrorchilik va terrorchilik tashkilotlarining moliyalashtirilishiga qarshi kurashni muhokama qilmoqchi.
"Bu haqiqatan ham Saudiya Arabistonida butun musulmon olami yetakchilari bilan tarixiy uchrashuv bo‘ladi. Saudiya Arabistoni islomdagi ikki muqaddas qadamjoning qo‘riqchisi bo‘lib, aynan bu davlatda biz ittifoqdosh musulmonlar bilan hamkorlik va ekstremizm, terrorchilik va zo‘ravonlikka qarshi kurash uchun yangi asos yaratamiz", deb aytdi Tramp Oq uyning Pushti bog‘idagi nutqida.
Trampning aytishicha, AQSh boshqa davlatlarga o‘z istagini o‘tkazmoqchi emas, buning o‘rniga "do‘stlar va hamkorlar koalitsiyasini" tuzishga harakat qilmoqda.
May oyida Tramp Saudiya Arabistoni, Isroil va Vatikanga tashrif buyuradi, so‘ngra Bryusselda o‘tadigan NATO sammiti va Sitsiliyada o‘tadigan "katta yettilik" uchrashuviga jo‘naydi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026