Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga oid respublika anjumani bo‘lib o‘tdi
Bugun, 4 may kuni Toshkent shahridagi "City Palace" mehmonxonasining anjumanlar zalida "Jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish masalalari" mavzuida respublika anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Fuqarolik jamiyatini shakllantirishni monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan bosma OAV va fuqarolik jamiyati institutlari ishtirok etishdi.
Soha mutaxassislarining "Korrupsiyaga qarshi kurashish" Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi huquqiy ekspertizasini o‘tkazish, Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining faoliyat yo‘nalishlari va asosiy vazifalari, OAVda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarini yoritish kabi mavzular bo‘yicha ma'ruzalar va muhokama qilindi.
Shuningdek jamiyatimizda mahkam o‘rnashib olgan, bugungi kunda kurashga bel bog‘langan korrupsiya holatlari haqidagi videofilmlar namoyish qilindi.
Bundan tashqari, "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi"ni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi"ni yoritish loyihasi ishtirokchilari mukofotlandi.
Mavzuga oid
08:10 / 17.09.2024
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
19:11 / 23.08.2024
Qozog‘istonda 10 million dollarlik «tushunarsiz boylik» davlatga qaytarildi
09:46 / 23.08.2024