Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Janubiy Koreya Kim Chen Inga suiqasdda ayblandi
KXDRdagilar ma'lum qildiki, Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreya maxsus xizmatlari shimol koreyslari rahbarini o‘ldirishga urinishgan. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligiga asoslanib «Sinxua» agentligi xabar tarqatgan.
AFP ma'lumotiga ko‘ra, KXDR AQSh Markaziy razvedka boshqarmasini Kim Chen Inning hayotiga suiqasd qilishda ayblagan.
Xabar qilinishicha, AQSh va Janubiy Koreya Kim Chen Inni biokimyoviy quroldan foydalangan holda o‘ldirishni rejalashtirgan.
#BREAKING: #DPRK says U.S., South Korean intelligence agencies attempt to assassinate #KimJongUn pic.twitter.com/NELkA8YPw3
— China Xinhua News (@XHNews) May 5, 2017
Shimolliklarning ta'kidlashicha amerikalik va janubiy koreyalik josuslar KXDR hududiga kirib olib, davlat rahbariga hujum qilmoqchi bo‘lishgan, ammo ular o‘z vaqtida fosh etilgan.
KXDR Xavfsizlik xizmati vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, amaliyotga shimoliy koreyaliklardan biri ham jalb etilgandi.
KXDR AQSh va Janubiy Koreyadan uzr so‘rashni talab qilmoqda.
Bundan oldinroq Kim Chen In o‘z harbiylariga Janubiy Koreyaga hujum qilishga tayyorlanish vazifasini topshirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:05 / 02.06.2026
Linkolndan Trampgacha: suiqasdga uchragan AQSh prezidentlari
22:35 / 25.05.2026
AQSh Adliya vazirligi Oq uy yaqinidagi otishmani Trampga qarshi yangi suiqasd deb atadi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
20:07 / 04.05.2026