Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro koalitsiya aviatsiyasiga Suriyadagi keskinlik bartaraf etilgan hududlar ustidan uchish taqiqlanadi
Curiyadagi keskin vaziyat bartaraf etilgan hududlar ustida jangovar aviatsiya, jumladan xalqaro koalitsiya kuchlari aviatsiyasining uchishi taqiqlanadi. Bu haqda RIA Novosti’ning xabar berishicha, 5 may kuni Rossiya prezidentining Suriyadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentev ma'lum qilgan.
«Keskinlik bartaraf etilgan hududlarda aviatsiya, ayniqsa xalqaro koalitsiya kuchlarining harakatlanishi butunlay taqiqlanishi ko‘zda tutilmoqda. Bu masala batamom hal etildi», - degan Lavrentev.
Uning aniqlik kiritishicha, xalqaro koalitsiya aviatsiya zarbalarini berishi mumkin bo‘lgan yagona joylar IShID guruhi kuchlari joylashgan tumanlar – Raqqa, Dayr az Zora hududlari, shuningdek Firot yaqinidagi boshqa aholi punktlarida bo‘ladi.
«Ularning keskinlik bartaraf etilgan zonalardagi harakatiga keladigan bo‘lsak, ayni damda bu hududlar ular parvozi uchun yopilgan. Memorandumda bu belgilab qo‘yilmagan, biroq aviatsiya parvozi bu hududlar ustida to‘xtatiladi, hamda biz kafil sifatida bu yo‘nalishdagi barcha harakatlarni kuzatib boramiz», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Avvalroq, 4 may kuni Rossiya, Turkiya va Eron vakillari Ostona shahrida Suriyada keskinlik bartaraf etilgan hududlarni yaratish haqida memorandum imzoladi. Bunday zonalarning to‘rttasida (Idlib viloyatida, Xoms shahridan shimolda, sharqiy Guteda va mamlakat janubida) hukumat kuchlari va muxolifat o‘rtasidagi jangovar harakatlar 6 may kunidan e'tiboran yarim yilga to‘xtatilishi kerak.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026