Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migratsiya agentligi Rossiya bilan hamkorlikni yanada kuchaytiradi
2017 yilning 27 aprel kuni Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlikda Agentlik boshlig‘i vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi X.Asamovning Sankt-Peterburg davlat muxtor muassasasi “Mehnat resurslari markazi” delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Sankt-Peterburgdagi muassasa direktori A.Chistyakov Sankt-Peterburg hukumati Agentlik bilan O‘zbekiston fuqarolarining RFda qonuniy tartibda mehnat faoliyatini olib borish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanini tasdiqladi.
X.Asamov Agentlik o‘n besh yil davomida Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya va Polsha kabi davlatlar bilan hamkorlik qilayotgani haqida aytib o‘tdi. Uning xabar qilishicha, Agentlik ishchilarni xorijga chiqishdan avval tayyorlaydi, mamlakatda kasbga o‘qitish bo‘yicha markazlar bor.
Agentlik rahbarining so‘zlariga ko‘ra, migrantlarning moliyaviy masalalarini hal qilish bo‘yicha bank tuzilmalari bilan ish olib borilmoqda, bunda migrantning valyuta plastik kartasiga ega bo‘lishi masalasi hal etilishi mumkin.
Uchrashuv davomida Migratsiya agentligi va “Mehnat resurslari markazi” o‘rtasida Bitim imzolanishi haqidagi g‘oya tasdiqlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borishga tashkiliy yollash va jalb etish belgilab qo‘yiladi.
Mavzuga oid
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026