Jahon | 15:04 / 05.05.2017
9286
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Suriyadagi masjidga aviazarba berganini tan oldi

Amerikalik harbiylar joriy yilning mart oyida Suriyadagi masjid majmuasining bir qismi hisoblangan binoga qarata aviazarba berganini tan oldi. CNN Pentagondagi manbalariga tayanib, shu haqida xabar berdi. 

Gap shundaki, 16 mart kuni Al-Jina hududidagi masjidga aviazarba berilgandi. Manbaga ko‘ra, bombardimon natijasida 42 kishi halok bo‘lgan. Ularning aksariyati tinch aholi ekani ma'lum qilingan. Biroq o‘shanda Pentagonda masjidning yonidagi "Al-Qoida" jangarilari uchrashuvi o‘tadigan binoga hujum qilingani aytilgandi.

Telekanal suhbatdoshlarining ma'lum qilishicha, tergov bombardimon qilingan inshoot haqiqatda ibodat maqsadlarida xizmat qilgan bino bo‘lganini ko‘rsatgan. Ta'kidlanishicha, odatda bunday inshootlar maktab va shifoxonalar qatorida bombardimon qilinmaydigan obektlar sirasiga kiradi. 

Bino ushbu ro‘yxatga kirganmi yoki istisno bo‘lganmi, hozircha aniqlanmagan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid