Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Nazarboyev bilan telefon muloqoti o‘tkazdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonadagi Suriya masalasi bo‘yicha uchrashuvlarning to‘rtinchi bosqichi yakunlarini muhokama qilishdi.
"Bugun Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning Qozog‘iston Respublikasi rahbari Nursulton Nazarboyev bilan telefon muloqoti o‘tkazildi. Davlat rahbarlari 3-4 may kunlari Ostona shahrida o‘tkazilgan Suriya masalasi bo‘yicha IV xalqaro uchrashuv yakunlarini muhokama qilishdi va uning yakunida Suriyada xavfsizlik hududlari tashkil etish bo‘yicha Memorandum qabul qilinganini ijobiy baholashdi. Siyosatchilar bu kelishuvning hayotga tatbiq etilishi Suriyada harbiy harakatlar barham topishi va gumanitar vaziyat izga tushishida muhim o‘rin tutishini qayd etib o‘tishdi", — deyilgan xabarda.
Putin va Nazarboyev ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning turli muhim jihatlarini muhokama qilishgan.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026