Duşanba kuni erta bilan dorixonaga kirib kelgan kişi peştaxtalarni biroz kuzatib turdi-da, sotuvçidan bir juft rezina qölqop berişni söradi. Pulini tölab, qölqoplarni qöliga olgaç, u yoq-bu yoğiga nazar taşladi va sertifikati bor-yöqligini söradi. Sotuvçi bu haqda bilmasligini aytib, dorixona mudirini çaqirib çiqdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Dorixona mudiri nima gapligini söragaç, sertifikatni berolmasligini ma'lum qilgan edi, zumda xaridorning avzoyi özgardi. Mudirga savdo qoidalarini buzayotganligi haqida daşnom berdi. Keyin esa şu sababli dorixona faoliyatini tekşirişi lozimligi haqida jiddiy ohangda gap boşlab, kelasi safar kelganida tegişli hujjatlarni ham körsatişini ma'lum qildi va özining telefoni raqamini yozib berdi. Dorixona mudirining esa nima qilişni bilmay, boşi qotdi.

Darhaqiqat, u sözining ustidan çiqib, ertasi kuni dorixonaga kirib keldi. Mudirni çaqirib, salom-alik qilgaç, salobat bilan keça birrovga kirib ketganini eslatdi. Söngra özini prokuratura huzuridagi departament xodimi Ğaybulla Salomov (ism-familiyalar özgartirilgan), deya taniştirib, savdo qoidalari buzilganligini aytib, şu holat yuzasidan tekşiriş ötkaziş uçun kelganini ta'kidladi.

Dorixona mudiri keça dabdurustdan kirib kelgani uçun şoşib qolganini aytib, undan uzr söradi va qölqopning sertifikatini körsatdi.

Ğ.Salomov sertifikatni qöliga olib, u yoq-bu yoğiga qaradi va ensasi qotgandek, yuzini buriştirib, “bu sertifikat notöğri”, deya qaytarib berdi.

Mudir nimasi notöğriligini söraganida taftişçi buni yuqori taşkilotdagilar hal qilişini aytdi va ularga telefon qilib, tekşirişni boşlaş haqida ruxsat söraşini ma'lum qildi.

Bu gapdan mudirning rangi oqarib, şoşa-pişa bu işni hal qilişning biror yölini topiş haqida söradi.

Ğ.Salomov ozgina “yötalsa”, yölini topsa bölişini şivirlab aytar ekan, bitta barmoğini körsatdi-da, kökida ming bersa, iş töxtaşini şama qildi.

Uning gapini eşitib, endi dorixona mudirining jahli çiqa boşladi. Nima uçun ming dollar berişi kerakligi, tekşiriş ötkaziş uçun asosi bor-yöqligini söradi.

Bu gaplarni eşitgan Ğ.Salomov esa pinagini ham buzmadi. Xotirjam ohangda qizişmaslikni maslahat berdi. Söngra, qonunni buzgan javob berişini ta'kidlaş barobarida, yonidan qandaydir guvohnomani olib oçdi-yu, şu zahoti yopdi. Xodimlarini yuborişini, ular dorixonaning hujjatlarini elakdan ötkazgaç esa qinğir işlar foş bölişi, eng oğir moddalar bilan ayb e'lon qilinişini pisanda qildi. Keyin har qança yalinib kelsa ham, yordam berolmasligini qöşib qöydi.