Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston-Pokiston chegarasida aholini ro‘yxatga olish sababli o‘nlab odam halok bo‘ldi
Afg‘oniston-Pokiston chegarasida aholini ro‘yxatga olish vaqtida jang chiqdi. Jang oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Mojaro chegaraning Pokistondagi tomonidagi qishloqlardan biriga askarlar hamrohligida ro‘yxatga oluvchilar guruhi kelgani sababli yuz bergan. Afg‘oniston tomondagilar aholini ro‘yxatga olish odamlarni chegarani kesib o‘tib, afg‘on blok postlariga hujum qilishga chorlash uchun bahona deb hisoblab, o‘t ochgan. Oqibatda 1 kishi halok bo‘lgan, 18 kishi yaralangan.
Pokistonlik harbiylar bunga artilleriya o‘ti bilan javob berganlar. Afg‘onistonning Kandahor viloyati politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, jang oqibatida 40 nafar pokistonlik harbiy, 14 nafar afg‘on chegarachisi hamda tinch aholidan 23 kishi halok bo‘lgan. Biroq Pokiston o‘zining yo‘qotishlarmni tasdiqlamagan. Axborot agentligi esa tibbiy doiralardagi manbalarga iqtibos keltirgan holda 3 kishi halok bo‘lganini ma'lum qilgan.
Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar tarang bo‘lib qolmoqda: davlatlar bir-birlarini yondosh hududlarda terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda ayblab kelishadi. Varshavada o‘tgan NATO sammitida Afg‘oniston prezidenti "Islomobod e'lon qilinmagan urush" olib borayotganini aytgandi. Pokiston esa bunga javoban Afg‘oniston aybdorlarni qidirmay, ichki terrorchilik bilan jonbozlik bilan kurashishi kerakligini aytgan.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
10:50 / 12.06.2026