Pokiston boş vaziri Şahboz Şarifning 12 iyun kuni ma’lum qilişiça, AQŞ va Eron örtasidagi tinçlik kelişuvining yakuniy matni böyiça kelişuvga erişilgan.
Uning ta’kidlaşiça, Pokiston vositaçilik qilayotgan muzokaralar natijasida tomonlar hujjatning oxirgi variantini ma’qullagan. Ayni paytda Islomobod Vaşington va Tehron bilan kelişuvni amalga oşirişning keyingi bosqiçlari böyiça yaqin hamkorlik olib bormoqda.
AFP agentligi suhbatlaşgan AQŞ hukumatidagi manbaga köra, Vaşington kelişuvning yaqin kunlarda imzolanişi ehtimolini 80–85 foizga baholamoqda. Reuters agentligi manbalari esa hujjat 14 iyun kuni — AQŞ prezidenti Donald Trampning 80 yoşlik yubileyi sanasida imzolanişi mumkinligini bildirgan.
Ma’lum qilinişiça, kelişuvning asosiy şartlaridan biri Eronda boyitilgan uran zaxiralarini mamlakat hududidan olib çiqiş va yöq qiliş hisoblanadi.
Şu kuni Eronning Mehr agentligi AQŞ va Eron örtasidagi 14 banddan iborat memorandum loyihasini e’lon qildi. Unda harbiy harakatlarni zudlik bilan töliq töxtatiş, Isroilning Livandagi hujumlarini bekor qiliş, AQŞ qöşinlarini Eron çegarasiga yaqin hududlardan olib çiqiş, Eron portlariga nisbatan qöllanayotgan çeklovlarni bekor qiliş hamda Hörmuz böğozini 30 kun içida qayta oçiş kabi bandlar mavjud.
Kelişuvni imzolaş uçun ehtimoliy maydon sifatida Şveytsariya körib çiqilmoqda. Mamlakat Taşqi işlar vazirligi Vaşington va Tehron bilan doimiy muloqotda ekanini bildirib, tomonlar rozi bölgan taqdirda imzolaş marosimini ötkazişga tayyorligini ma’lum qildi.
Eron taşqi işlar vaziri Abbos Arağçi ham kelişuv har qaçongidan ham yaqinlaşganini ta’kidladi. U muzokaralar töliq yakunlanmagunça ommaviy axborot vositalarini hujjat mazmuni böyiça taxminlar qilişdan tiyilişga çaqirdi.
Şu bilan birga, Arağçi Eronni mojaroda ğolib tomon sifatida baholab, Isroilni tinçlik jarayoniga tösqinlik qilişga urinayotganlikda aybladi. Uning sözlariga köra, kelişuvning ikkinçi bosqiçida Eron yadroviy dasturi va mamlakatga qarşi joriy etilgan sanksiyalarni bekor qiliş masalalari muhokama qilinadi.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronga qarşi rejalaştirilgan zarbalarni bekor qilganini ma’lum qilib, Tehron bilan «ajoyib kelişuv» yaqin kunlarda Yevropada imzolanişi mumkinligini aytgan edi. Şuningdek, u kelişuv Eronning yadroviy qurolga ega bölişining oldini olişini va Hörmuz böğozi qayta oçilişini ta’kidlagan.
Biroq Eron Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqoiy Tehron hali kelişuv böyiça yakuniy qaror qabul qilmaganini bildirgan. Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Ğolibof esa AQŞning qarorlari mintaqadagi vaziyatni yanada murakkablaştirişi mumkinligidan ogohlantirgan.












