19:56 / 06.05.2017
5384

Barak va Mishel Obama yangi ishchi o‘rinlar yaratishga bel bog‘lashdi

Foto: AP

Barak va Mishel Obama Chikagoda yangi ishchi o‘rinlar yaratishga 2 million dollar ajratadigan bo‘lishdi. CNN shu haqida xabar berdi

"Mishel va men yozgi ishga joylashuv dasturi bo‘yicha 2 million dollar ajratamiz", - dedi Obama. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt yildan keyin Chikagodagi Jonson parkida ixtisoslashtirilgan muzey-markaz ochiladi. U ham prezident kutubxonasi, ham Obama fondi shtab-kvartirasi sifatida xizmat ko‘rsatadi. 

"Biroq biz to‘rt yil kuta olmaymiz, shuning uchun Mishel bilan hozirning o‘zidanoq yordamga bel bog‘lashga qaror qildik", - deya qo‘shimcha qildi sobiq prezident.

Top