AQŞ Milliy gvardiyasining kiçik bölinmasi 8 oktyabr kuni Çikago hududidagi federal obektlarni qöriqlaş va Memfisdagi huquq-tartibot idoralariga yordam berişni boşladi. Unga köra, Texasdan 200 askar Çikagoda işlamoqda, ular AQŞ immigratsiya va bojxona nazorati binolari va boşqa federal obektlarni qöriqlamoqda.

Illinoys ştatidan yana 300 nafar gvardiyaçi 8 oktyabr kuni Çikagodan taxminan 90 kilometr janubi-ğarbda joylaşgan Elvuddagi AQŞ armiyasining zaxira markaziga yetib keldi. Barça 500 askar Şimoliy qömondonlik ostida 60 kunga joylaştiriladi. Qömondonlik vakili askarlar qanday qurollangan ekanini oçiqlaşdan boş tortdi.

Milliy gvardiyaning joylaştirilişi demokratlarning kuçli qarşiliklariga sabab böldi va sud muhokamasi mavzusi bölib, uni körib çiqiş 9 oktyabrga belgilangandi. Çikagoda federal kuçlar bir neça oydan beri Tramp ma’muriyatining immigratsiya siyosatiga qarşi norozilik namoyişlari bölib ötadigan binolarni qöriqlab keladi.

Federal sudya Sara Ellis çorşanba kuni huquq-tartibot idoralarining şahar atrofidagi Brodvyudagi inşoot oldida yiğilgan tinç namoyişçilar va jurnalistlarga qarşi közdan yoş oqizuvçi gaz kabi qurollardan foydalanişni çeklaşni rejalaştirayotganini e’lon qildi. Politsiya ötgan yozda u yerda «tartibsizliklar» haqida ​​e’lon qilgan va bu namoyişçilar va huquq-tartibot idoralari örtasida töqnaşuvlarga sabab bölgan edi.