Jahon | 10:24 / 06.05.2017
6663
1 daqiqa o‘qiladi

Spiegel: Turkiyaning borgan sari ko‘proq fuqarolari Germaniyadan boshpana so‘ramoqdalar

Illyustrativ foto

Germaniyada boshpana so‘rayotgan turkiyaliklar soni tobora o‘sib bormoqda. Bu haqda Spiegel nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Germaniyaning migratsiya va qochqinlar ishlari bo‘yicha federal boshqarmasi turk diplomatlari, harbiylari, sudyalari va boshqa davlat xizmatchilaridan boshpana berilishi haqidagi 450 ga yaqin iltimosnomani ko‘rib chiqmoqda. Ulardan ko‘pchiligi turk hukumati tomondan Fathulla Gulen harakati bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqdalar. Hammasi bo‘lib migratsiya boshqarmasida Turkiya fuqarolaridan 7,7 mingdan ko‘proq iltimosnoma bor. 

Spiegel’ning yozishicha, boshpana berishni so‘rovchilar orasida Belgiyada joylashtirilgan NATO askarlari hamda Turkiyaning Afrika davlatlaridan biridagi elchixonasining sobiq harbiy attashesi ham bor.

2016 yilda turk fuqarolarining qochqin maqomini berish haqidagi iltimosnomalarining faqatgina 8 foizi qondirilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid