Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Guantanamo qamoqxonasiga oid yangi qonunni imzoladi
AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni Guantanamo qamoqxonasi mahbuslarini AQSh va boshqa davlatlar hududiga olib o‘tishni taqiqlovchi qonunga imzo qo‘ydi.
Oq uy matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan prezident maxsus bayonotida aniqlik kiritilishicha, tegishli norma mamlakatning 2017 yil oxiriga qadar bo‘lgan federal byudjyetiga tuzatishlarda o‘z aksini topgan (30 sentabr kuni yakuniga yetadi).
AQSh tomonidan 2002 yilda Kubadagi harbiy bazada tashkil etilgan va xalqaro terrorchilarga mo‘ljallangan Guantanamo qamoqxonasining yopilishi haqida avvalgi prezident Barak Obama ko‘p bora va'da qilgandi. 2016 yilning oxirlarida Obama kongress qamoqxonaning 2017 yilda yopilishini moliyalashtirishdan bosh tortganiga qaramay, Guantanamo mahbuslarini o‘z prezidentlik muddati so‘ngiga qadar boshqa davlatlarga o‘tkazishi haqida aytib o‘tgandi.
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp esa bir necha bor qamoqxonani yopish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamasligi, mahbuslarni boshqa joyga olib o‘tish esa AQSh xavfsizligiga tahdid uyg‘otishi haqida ma'lum qilgan.
2017 yilning 19 yanvar holatiga ko‘ra, Guantanamoda 41 nafar mahbus bo‘lgan.