Jamiyat | 16:32 / 06.05.2017
6615
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Bobur nomidagi O‘sh teatriga 30 ming dollarlik libos va dekoratsiyalar hadya qildi

Foto: knews.kg

O‘zbekiston hukumati Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatriga “Boburning ruhiy iztirobi” spektakli uchun umumiy qiymati 30 ming dollar bo‘lgan libos va dekoratsiyalar sovg‘a qildi. Bu haqda 24.kg teatrga asosan xabar tarqatdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, barcha dekoratsiyalar o‘rnatib bo‘lingan. Rasmiy Toshkent 2016 yilda “Boburning ruhiy iztirobi” spektaklini sahnalashtirish taklifi bilan chiqdi. Jamoa ishga kirishgan va iyun oyida spektaklni Andijon shahrida namoyish etishni rejalashtirmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid