Mirziyoyevaning qayd etişiça, ular Vilgelm Gauf ertagi asosida sahnalaştirilgan “Xalifa Laylak” spektaklini tomoşa qilişgan.


“Bu — inson irodasi va özlikni anglaş yöli haqidagi biz uçun ham qadrdon, sevimli asardir.
Rekonstruksiyaning birinçi bosqiçi yakunlanişi bilan teatr hayoti yana jonlandi: bu yerda spektakllar namoyiş etilyapti, bolalarning quvnoq ovozlari yangrayapti, ota-onalar farzandlari bilan jam bölyapti. Uşbu maskanning tarixiy qiyofasi, öziga xos ruhi avaylab saqlab qolingan: “Ertaklar şaharçasi”, zalning çöyan eşiklari, karnay çalayotgan sozandalar siymosi, noyob şişa plafonlar, peştoq kompozitsiyalari va mozaikalar qayta tiklandi.


Qöğirçoq teatri san’ati an’analarini asrab qoliş men uçun alohida ahamiyatga ega. Zero, qöğirçoq bolalar bilan muloqotda hamişa eng yaxşi vositaçi bölib qoladi va ular tuşunadigan tilda erkinlik, mas’uliyat, matonat, döstlik kabi muhim tuşunçalar haqida sözlaşişga yordam beradi”, deb yozdi u öz Telegram kanalida.














