Ertangi kundan darak: Klichko innovatsion hojatxonani tantanali ravishda ochib berdi
Kiyev meri, sobiq bokschi Vitaliy Klichko jurnalistlar ko‘z o‘ngida shahar markazidagi avtomatik ishlovchi hojatxonaning ishlashini sinovdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda TSN telekanali.
Foydalanuvchilardan biri tvitterda ushbu holat aks etgan suratni chop etib, kinoya bilan "Kosmik kemalar koinot bo‘ylab kezayotgan bir paytda, Klichko tantanali ravishda ... hojatxonani ochib berdi. Avtomatik hojatxonani!" deb izoh bergan.
G‘oyaga ko‘ra, "texnika mo‘'jizasi" pul yig‘uvchi kassirning ishtirokisiz ishlaydi – hojatxonaga tashrif buyuruvchilar bir grivnalik xizmat haqini smart-hojatxonaning o‘zida to‘laydi. Biroq hojatxonani hozircha bir shart bilangina avtomatik deb aytish mumkin: ayni vaqtda uning yonida maslahatchi qiz turib, yozilishni istovchilarga Hi-Tech hojatxonadan qanday foydalanishni tushuntirib turibdi.
Bundan avval Klichko Kiyevdagi barcha yo‘llar va binolarni "Yevrovideniye" musiqa tanlovigacha ta'mirlashning uddasidan chiqib bo‘lmasligini, biroq poytaxtda Yevropa namunasidagi yangi chiqindi idishlari o‘rnatilganini aytgandi.
Mavzuga oid
14:40 / 30.10.2024
Kiyev va Seul KXDRga qarshi turish uchun aloqalarni faollashtirmoqda
08:40 / 30.10.2024
FT: RF va Kiyev energoobektlarga hujumlarni to‘xtatishni muhokama qilmoqda
10:50 / 26.10.2024
G7 Kiyevga RF aktivlaridan mablag‘ ajratish tartibini hal qildi
09:50 / 25.10.2024