18:05 / 07.05.2017
11916

Video: Kasemironing intervyusini yosh bolakay uzib qo‘ydi

«Real» jamoasi himoyachisi Kasemiro Ispaniya chempionatining 36-turida «Granada»ga qarshi o‘yindan keyin bergan intervyusi undan futbolkasini so‘ragan bolakay tufayli uzilib qoldi.

Yosh muxlis jurnalistning savollariga javob qaytarayotgan futbolchi oldiga kelib undan futbolkasini berishni so‘ragan, shu vaqtda yetib kelgan styuardlar bolani olib ketmoqchi bo‘lishgan. Ammo Kasemiro qo‘riqchilardan bolani jo‘natib yubormaslikni so‘ragan va intervyuni tugatgach u tomon yurgan.

 

Top