Jahon | 21:12 / 08.05.2017
6148
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada 1,2 mln dollarlik tillaqosh o‘g‘irlab ketildi

Foto: @badischeslandesmuseum

Germaniyaning Karlsrue shahridagi Baden yeri muzeyidan 1,2 mln dollarlik tillaqosh (diadema) o‘g‘irlab ketildi. Tillaqosh 367 ta olmos va platina bilan bezalgan bo‘lgan, deb ma'lum qilindi politsiyada. 

Tillaqosh "Taxtlar zali" muzeyidagi yopiq vitrinadan o‘g‘irlangan. DPA axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, vitrina qulfi buzilmagan, signalizatsiya ishlagan-ishlamagani hozircha noma'lum. 

Ta'kidlanishicha, muzey xodimlari qimmatbaho eksponat g‘oyib bo‘lganini darhol sezishmagan. Ular politsiyaga 29 apreldagina murojaat qilishgan, o‘g‘irlik sodir etilgan sana esa hozircha o‘rnatilmagan.

Tillaqosh Badenning oxirgi gersoginyasi Xilda fon Badenga tegishli bo‘lgan. Tillaqosh 20-asr boshlarida yaratilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid