Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron «Olg‘a!» partiyasi raisi lavozimini tark etdi
Foto: news.pn
Fransiyaning yangi saylangan prezidenti Emmanuel Makron 14 may kuni davlat rahbari lavozimiga kirishishi munosabati bilan «Olg‘a!» partiyasi raisi lavozimini tark etdi. Bu haqida partiya bosh kotibi Rishar Ferran matbuot anjumanida ma'lum qildi. «Olg‘a!» partiyasi Twitter'ida shu haqida xabar berildi.
An'anaga ko‘ra, saylovlardan keyin yangi prezident o‘zining partiyalardagi lavozimlarini tark etadi. Ferranning so‘zlariga ko‘ra, partiya raisi vazifalarini vaqtinchalik bajaruvchi etib Katrin Barbaru tayinlangan.
Bundan tashqari, Rishar Ferran partiya nomining «Olg‘a!»dan «Olg‘a, Respublika!»ga o‘zgarganini ma'lum qildi. U iyun oyida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida partiya barcha saylov uchastkalarida Fransiya Milliy kengashidagi o‘rinlar uchun kurash olib borishidan voqif etdi.
Mavzuga oid
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
10:07 / 23.05.2026
Eyfel minorasining bir qismi auksionda sotildi
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
08:25 / 18.05.2026